г. Самарканд, улица Гиёсиддина Джамшида, дом 21-А
Пн - Сб
08:00 - 17:00
Телефон
8-366-232-21-28
Email
samodmms@inbox.uz

VBKTTM tarixi

Samarkand viloyatida bolalarga tibbiyotxizmati 1983 yilda tashkil etilgan sobiq tibbiyot texnikumi binosida viloyat bolalar shifoxonasi holida 120 urinda ko‘rsatib kelardi. 1990 yil qurilib bitkazilgan yangi binoda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Dastlab shifoxonada xar biri 30 urindan iborat 8 ta bo‘lim tashkil etilgan.

Shifoxona oldiga quyilgan ko‘p qirrali vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, viloyatda bolalar aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holatini tahlil qilib borish natijasida bir qator yangi bo‘limlar tashkil qilindi. Jumladan: 1994 yilda nefrologiya va poliomielit asoratlarining reabilitasiyasi bo‘limlari, 1995 yilda 200 qatnovga mo‘ljallangan konsul’tativ poliklinika, 1996 yilda endokrinologiya va bolalar ginekologiyasi bo‘limi, 1998 yilda nevrologiya va gastroenterologiya, hamda diagnostika 2014 yilda ortopediya va xududiy neonatal xirurgiya bo‘limlari tashkil etildi.

Markaz bugungi kunda 390 urindan iborat. Pul’monologiya va allergologiya, kardiologiya va gastroenterologiya, gematologiya, nevrologiya, nefrologiya va endokrinologiya, neonatologiya, xududiy neonatal xirurgiya, erta yoshdagi bolalar patologiyasi, LOR va NXO, yuz-jag‘ va yiringli xirurgiya, ortopediya, rejali xirurgiya va urologiya, diagnostika, fizioterapiya, umumiy jarroxlik va reanimasiya bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari konsul’tativ poliklinikada 23 turdagi mutaxassisliklar bo‘yicha xizmat tashkil qilingan. Ular: pediatr, kardiorevmatolog, gematolog, gastroenterolog, xirurg, allergolog, nevropatolog, endokrinolog, pul’monolog, LOR, neyroxirurg, stomatolog, ortoped, okulist, ginekolog, infeksionist, immunolog, urolog, surdolog, logoped, epidemiolog, neonatolog, nefrologlardir.

Markazda bolalarni tekshirish va davolash jarayonida oxirgi yillar davomida VOZ/YuNISEF yangi texnologiyalari kiritilib kelinmoqda. Bulardan kislorodoterapiyaga birinchi

Navbatdagi ahamiyat, polipragmaziyaga qarshi kurash, invaziv muolajalarni ishlatmaslik, dalillarga asoslangan tibbiyot asoslarini kiritish, faqat samarasi tasdiqlangan dori vositalari bilan davolash va boshqalar.

Kiritilgan yangi texnologiyalarni mutanosibligi natijasida stasionarda o‘lim holatlari ikki barobar kamaytirilishiga erishildi. Markazga murojaatlar va yotib davolanganlar soni ham ancha oshdi. 2015 yilda murojaat qilgan bemorlar soni 106 000 tadan oshdi. (2014 yilda 58 000 ta edi). Yotib davolanganlar soni 18000 taga yetdi. (2014 yilda 9100 ta edi). Operatsiya yo‘li bilan davolangan bemorlar soni 5000 tadan oshdi (2014 yilda 2308 ta edi)

Markazda bir qator yuqori texnologiyali tibbiy xizmat amaliyotga kiritilgan. Bulardan bolalar nuqsonli rivojlanishlarida (siydik yullari, ko‘krak qafasi, bosh miya, yuz-jag‘) murakkab plastik operatsiyalar, siydik tosh kasalliklarini asoratlarini, parazitar kasalliklarni davolash va boshqalarni ahamiyati katta. Kelgusida bolalar kardioxirurgiyasi xizmatini hamda bolalar endoxirurgiya markazini tashkil qilish rejaga kiritilgan.

Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shartli ravishda xududiy markaz hisoblanadi. Bu yerga Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Jizzax va Buxoro viloyatlaridan bemorlar murojaat qiladi. Stasionar davolanganlarni 20%ini boshqa viloyatlardan kelgan bemorlar tashkil qiladi.

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari miqyosida 2015 yil natijalarini reyting bo‘yicha baholash yakunlari bo‘yicha Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Respublikada eng yuqori reytingga ega bo‘ldi.

Viloyat tumanlariga markaz xodimlari tomonidan bolalarga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha uslubiy-amaliy ishlar olib borilmoqda.

Oxirgi uch yil davomida (2014-2016) markazda investisiya dasturi asosida rekonstruksiya ishlari o‘tkazildi. Umumiy sarflangan mablag‘ miqdori 10 mlrd. so‘mdan oshdi. Bundan tashqari viloyat hokimligini tashabbusi bilan yumshoq va

qattiq jihozlar uchun 2.5 mlrd. so‘m ajratildi. Shu bilan bir qatorda Germaniya hamkorligi loyihasi bo‘yicha markazga 1380000 YeVRO miqdorida tibbiy asbob-uskunalar uchun ajratilgan va ularning bir qismi kiritilib, ish jarayonida. Qolgan qismi yilning oxirigacha kiritiladi.

Markazda investisiya dasturini imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari izchil amalga oshirildi. Bemorlar, ularni parvarishlovchi ota-onalar va xususan faoliyat kursatayotgan tibbiy xodimlar uchun yuqori darajali qulayliklar yaratildi.

Masalan: bemorlar – diagnostika markazi – konsul’tativ poliklinika yoki operatsiya bloki – reanimasiya – xirurgiya bo‘limlari orasida bir qadam yaqinlik ta’minlandi; reanimasiya bo‘limida qizil va yashil qismlarni kiritilishi natijasida onalar uchun qulay sharoit paydo bo‘ldi; xasta va chala tug‘ilgan chaqaloqlarni davolash hamda xirurgik neonatologiya bo‘limlarini bir maydonda tashkil qilinishi natijasida biri ikkinchisini imkoniyatidan foydalanishi uchun sharoit yaratildi; har bir bo‘limda ayollar gigiena xonasi va bolalar uchun alohida sanitar bloklar yaratildi va hokazo.

Investisiya dasturini realizasiyasi davomida markaz xududida katta obodonchilik ishlari olib borildi. Ko‘plab gazonlar va manzarali daraxtlar ekildi. Archa bog‘lari barpo etildi.