г. Самарканд, улица Гиёсиддина Джамшида, дом 21-А
Пн - Сб
08:00 - 17:00
Телефон
8-366-232-21-28
Email
samodmms@inbox.uz

Biz haqimizida

Faoliyat

Markaz NIZOMga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Markazning asosiy faoliyati viloyatimiz va kushni viloyatlarning 0-18 yoshgacha bolalariga tibbiy xizmat ko‘rsatish.

Qabulxona faoliyati

Bemorlar markazga quyidagi yo‘llar bilan murojaat qiladi:

  • rejali tarzda yo‘llanma bilan;
  • shoshilinch tarzda tez yordam mashinasida
  • yo‘llanmasiz o‘zlari
  • Tug‘ruq uylaridan markaz neonatal brigada mutaxassislari yordamida maxsus tez yordam mashinasida (na sebya prinsipi)

Markazning asosiy vazifalari

  • Markazga tekshirish va davo olish maqsadida murojaat qilgan bolalarga bepul, yuqori malakali, ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish;
  • Markaz tibbiyot xodimlarining, shu jumladan mutaxassislarning yetakchi xorijiy tibbiyot ta’lim muassasalarida va klinikalarida diagnostika va davolashning zamonaviy metodlari bo‘yicha stajirovkasini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish;
  • pediatriya sohasida profilaktika, diagnostika va davolash bo‘yicha ilg‘or metodlarini ishlab chiqish va tibbiy amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • pediatriya sohasida patent olgan davolash va diagnostika metodlari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga erishish;
  • pediatriya sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, to‘plangan tajribalar, axborotlar, shuningdek mutaxassislar bilan keng almashinishni ta’minlash;
  • Markazni pediatriya sohasida ilg‘or jahon yutuqlari darajasida, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali yordam ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash va modernizasiya qilishni ta’minlash;
  • Tumanlardagi bolalikka mas’ul xodimlar, bo‘limlarga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish.

Bugungi kunda markazda jami 8 nafar ilmiy xodimlar, jumladan, 1 nafar fan doktori va 7 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va falsafa doktori faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oxirgi 5 yilda Markazda amalga oshirilayotgan yuqori texnologiyali operatsiyalar:

  • Laparoskopik operatsiyalar
  • Angiografda o‘tkaziladigan ochiq usuldagi kardioxirurgik va angiografda o‘tkaziladigan tig‘siz kardioxirurgik operatsiyalar
  • Videoendoskopik LOR tekshiruvi
  • Kukrak kafasi deformasiyalarini korreksiya kilish
  • Endourologik va plastik urologiya operatsiyalari
  • Yuz-jag nuksonlarida plastik operatsiyalar
  • Chakaloklar tugma kasalliklarida murakkab turdagi bushlikda utkaziladigan operatsiyalar
  • Ortopedik va neyroortopedik operatsiyalar
  • Murakkab turdagi Neyroxirurgik operatsiyalar.

Bu yunalishlar bo‘yicha jami 41 turdagi murakkab (zamonaviy) operativ va konservativ davolash usullari markaz amaliyotiga kiritildi.

Yuqorida ko‘rsatilgan yuqori texnologiyali operatsiyalarni amaliyotga kiritish natijasida viloyatimiz bolalarining poytaxtga yoki chet davlatlarga davo istab borishi 90 foizga, ayrim sohalarda 100%gacha kamaydi. Shu bilan bir qatorda boshqa respublikalardan tashrif buyuradigan bemorlar soni oshdi. Bu markazimiz byudjetiga 48.2 mln so‘m daromad keltirdi.

Yurak tug‘ma nuqsonlarida erta davrda diagnoz quyish 1 yoshgacha muddatlarda operativ davo o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi. Operatsiyalar miniinvaziv(endo-laparoskopik) usullarga o‘tkazildi. Bu bemorlarni tez davolanishi, o‘rin kunlarini kamayishiga olib keldi.

Oxirgi uch yilda:

  • AIK (sun’iy qon aylantirish apprati)
  • Angiograf
  • Kompyuterli audiometr (eshitish darajasi)
  • Padometr apparati (yassioyoqlikni aniqlash)
  • Gemodializ (sun’iy buyrak) apparatlari
  • Tibbiy kislorod ishlab chiqarish stansiyasi apparati o‘rnatildi;